Zidan final oldidan “Real” futbolchilariga kino tomosha qildirdi

  • 2 iyun, 2017, 12:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Evropa Chempionlar ligasi finalida “Yuventus”ga qarshi o‘yin oldidan shogirdlarining ruxini va motivatsiyasini oshirish maqsadida ularga kino qo‘yib berdi deya xabar bermoqda Marca nashri.

Frantsiyalik mutaxassis buning uchun “300 spartanliklar” nomli filmning bir qancha vaziyatlarini shogirdlariga namoyish etdi.

Mazkur film eramizdan oldingi V asrda bo‘lib o‘tgan yunon-fors urushi haqida boradi. Kserks boshchiligidagi ko‘p  sonli fors jangchilari yunonlar o‘lkasi – Spartan qirolligi tomon yurish qiladi. Qirol Leonid va uning 300 askari qahramonlarcha g‘animlarga qarshi kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining finali ertaga Kardiffda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!