Zidanning assistenti "Real"da o‘z lavozimiga qaytarildi

  • 31.10.2018 11:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real"ning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Antonio Pintus yana o‘z lavozimiga tiklandi.

U “qirollik klubi” futbolchilarining jismoniy holatiga javob beradi. Uni jamoaga ayni damda “Real” bosh murabbiyligini vaqtincha bajarib turgan Santyago Solari qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, Pintus bungacha “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha assistentiga yordamchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Pintus o‘z vaqtida Zinedin Zidanning murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!