Zinchenko "Manchester Siti"da qoladigan bo‘ldi

  • 09.08.2018 18:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko "Vulverxempton"ga o‘tishni istamadi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha 21 yoshli ukrainalik futbolchi "Vulverxempton" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelisha olmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Vulverxempton" Zinchenkoning transferi borasida “Manchester Siti” bilan 18 million evrolik kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!