A Seriya. "Inter" "Montsa"ga mag‘lub bo‘ldi
Italiya A Seriyasi 30-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Montsa" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Yagona gol muallifi - Kaldirola. Himoyachi 78-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan Onana qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, "Inter" o‘z maydonida mag‘lub bo‘lib, turnir jadvalida 5-o‘ringa tushib ketdi.

Fikrlar