
A Seriya. "Inter" o‘z maydonida "Breshiya"ni nokautga uchratdi
Hozirgina Italiya A Seriyasining 29-turidan o‘rin olgan “Inter” hamda “Breshiya” jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuv “neradzurrilar”ning mutlaq g‘alabasi bilan yakunlandi. Yakuniy hisob 6:0. Mezbonlar safidagi gollarga Eshli Yang (5'), Aleksis Sanches (20'), Danilo D'Ambrozio (45'), Roberto Galyardini (53'), Kristian Eriksen (84') va Antonio Kandreva (88') mualliflik qildi.
Fikrlar