
A Seriya. "Inter" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
A Seriya 29-turidan o‘rin olgan "Torino" - "Inter" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda 1:1 hisobida qayd etildi.
Dastlab, 12-daqiqada mezbonlar futbolchisi Bremer hisobni ochdi. Bellashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisida Sanches gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Qiyinchilik bilan 1 ochko qo‘lga kiritgan "neradzurrilar" ayni vaqtda Italiya chempionati turnir jadvalida 59 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 35 ochkosi bor turinliklar 11-pog‘onani band etgan.
Fikrlar