A Seriya. "Roma" so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi
A Seriya 12-turidan o‘rin olgan "Verona" - "Roma" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Rimliklar tarkibida Zanolo, Volpato hamda El-Shaaravi mualliflik qildi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 25 taga etkazib olgan rimliklar A Seriya turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va o‘z hisobida samarali haraka yozdirib qo‘ya olmadi.

Fikrlar