
A Seriya. "Roma" yirik hisobda g‘alaba qozondi
A Seriyaning 30-turida "Roma" "Udineze"ni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Bove hisobni ochgan bo‘lsa, Pellegrini oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Abraxam hisobni yiriklashtirdi. Bundan tashqari, Patrisiu bitta penalti qaytardi.
Shu tariqa, 3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Roma" turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar