A Seriyaning eng bag‘rikeng futbolchisi tarixda qoldi
“Atalanta” sardori Alexandro Gomes A Seriyada bir mavsumda 15 ta golli pas bergan XXI asrdagi birinchi futbolchi bo‘ldi. U o‘zi gol urishdan ko‘ra, jamoadoshlariga golli pas uzatishni ma’qul ko‘radi.
Gomes “Napoli”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Mario Pashalichni golli vaziyatga chiqardi.
Joriy mavsumda 28 ta o‘yinda ishtirok etgan 32 yoshli argentinalik futbolchi 15 ta assistdan tashqari, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilgan.
“Atalanda” ketma-ket ettita uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilib, chempionatda to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Fikrlar