“Abbos, sen shtanga ko‘tarib yurma!” Fayzullaev transferini tanqid qilgan ekspert endi boshqacha gapiryapti...
“Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev avgust oyida Moskvaning TsSKA jamoasi safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Yuqori natijalar uchun kurashishni maqsad qilgan TsSKAning o‘zbek futbolchisini transfer qilgani hammaga ham yoqqani yo‘q. Bu transferni tanqid qilganlar ham bo‘ldi. Ayrim ekspertlar legionerning yoshligi va qaddi-qomatini pesh qilib, Abbosbekning salohiyatiga shubha bilan qaragan edi.
Ana shunday negativ qarashlarini bildirganlardan biri TsSKAning sobiq o‘yinchisi Vladimir Ponomaryov bo‘lgandi.
- Bu futbolchi 19 yoshida nima qilib bera olardi? Uni qanday qilib etuk futbolchi deyish mumkin? Undan hali ajoyib o‘yinchi chiqadimi? Axir o‘zimizda ham yaxshi yigitlar borku. Ular tarkibga kirishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otishi kerak.
O‘zbekning pozitsiyasida to‘pga egalik qila olish, maydonni yaxshi ko‘rish qobiliyati, yaxshi pas berish, tezkorlik , chidamlilik kabi xislatlarni egallagan futbolchi o‘ynashi kerak. 19 yoshli o‘yinchi bunaqa yuklamalarni ko‘tarishi o‘ta qiyin, - degan edi Vladimir Ponomaryov Fayzullaevning TsSKAga transferiga munosabat bildirib.
Legionerimizga uning imkoniyati va salohiyatini past sanagan mutaxassislarning fikrini o‘zgartirishi uchun 45 daqiqa kifoya qildi. TsSKAning “Krilya Sovetov” bilan bo‘lgan uchrashuvida ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Abbosbek yuqori saviyada o‘ynadi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutilib qolishiga katta hissa qo‘shdi.
Ana shu uchrashuvdan keyin tanqidchilar ham futbolchimizga boshqacha nazar bilan qaray boshladi. Xususan, bu transferni tanqid qilgan Vladimir Ponomaryov Fayzullaevning iqtidorini tan oldi.
— Fayzullaevga balli. O‘yinda raqiblariga g‘ulg‘ula solyapti, to‘p bilan yaxshi yuguryati, har doim ochilishga harakat qilyapti.
Ko‘p mehnat qilayotgani bois muxlislarning ham qalbidan joy oldi. Lekin u mehnat qilishni to‘xtatsa, vaziyat butkul o‘zgarib ketishi mumkin.
Abbosbekning driblingi zo‘r bo‘lishi krak. Bu borada uning qobiliyati juda yaxshi. Tezkorligi ham talab darajasida, biroq yana o‘sishi kerak.
Bir vaqtlar “Spartak”da Xusainov o‘ynagan. Uning ham bo‘yi baland bo‘lmagan, lekin bu uning bosh bilan gol urishiga ham xalaqit qilmagan edi. Har qanday holatda ham, Fayzullaev o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasligi kerak va shunda barcha maqsadlariga erishishi mumkin.
— Fayzullaev mushaklarini chiqarishi shartmi?
— Unda tezligini yo‘qotib qo‘yadi. Bunga misol sifatida bir voqeani esga olish mumkin. 1975 yili xokkey bo‘yicha mashhur murabbiy Tarasov TsSKA futbolchilarini boshqarib, asosiy e’tiborni shtanga bilan bajariladigan mashqlarga qaratgan. Mashg‘ulotlarda futbolchilar elkasida yuk bilan yugurardi. O‘sha mavsumda TsSKA futbolchilari oliy ligadan tushib ketishiga bir bahya qolgandi.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev TsSKA klubi bilan 3+1 ko‘rinishida shaxsiy shartnoma imzolagan.
Husanovdan buni kutmagan edim...
Fayzullaev qaerda o‘ynashi kerakligini aytishdi
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?
Fikrlar