Abdumalik Xalokov ishonchni oqladi. Bokschimiz g‘alabaga erishdi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yichi erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Abdumalik Xalokov -57 kg vazn toifasida Gayana vakili Kevin Alikok bilan ringga ko‘tarildi. Abdumalik Xalokov ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qildi.
Birinchi raundda hakamlar Abdumalik Xalokovning ustunligini qayd etishdi - 4:1.
Ikkinchi raundda hakamlar bir ovozdan Abdumalik Xalokovning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
Uchinchi raundda hakamlar ham Abdumalik Xalokovning ustunligini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy natija esa 5:0 hamyurtimizning foydasiga.
Fikrlar