
Abduqodir Husanov zaxiradan maydonga qo‘shilib, qanday statistika qayd etdi?
Xabaringiz bor, Angliya kubogi doirasida "Manchester Siti" "Leyton Orient" bilan bahs olib borib, kambek amalga oshirgan holda, keyingi bosqichga yo‘ldi. Uchrashuv 2:1 hisobida "shaharliklar" foydasiga yakunlandi.
Mazkur bellashuvning ikkinchi bo‘limida milliy terma jamoamiz a’zosi hisoblangan Abduqodir Husanov Vitor Reys o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
20 yoshli futbolchimiz to‘qnashuv davomida 2 bora to‘pni olib qo‘yib tozalagan bo‘lsa, 1 marta zarbalarga blok qo‘ydi. O‘yin davomida 57 bora to‘pga teginib, 48 ta pas berishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning 45 tasi jamoadoshlariga aniq etib bordi. Uzoq masofaga esa 1 marta to‘pni uzatdi, u ham bo‘lsa sherigiga aniq bordi.
Ikkinchi qavatdagi kurashlarning 2 tasidan 1 tasida g‘alaba qozonishga ham muvaffaq bo‘ldi. 49 daqiqa davomida hamyurtimiz 4 bora to‘pni yo‘qotishga ham ulgurib, 1 bora raqiblariga nisbatan qoidani buzdi. "Sofascore" portali milliy terma jamoamiz himoyachisining ushbu harakatlarini 7.8 ballga loyiq ko‘rdi.
Ma’lumot o‘rnida, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" navbatdagi bellashuvini 11 fevral kuni Madridning "Real" klubiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar