Abramov Jasur Jaloliddinov, Murod Xolmuhammedov, Eldor Suyunov va "Paxtakor" haqida gapirdi
Coca Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Bunyodkor" (2:1) o‘yinidan so‘ng, "qaldirg‘ochlar" ustozi Vadim Abramov uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"So‘nggi paytlarda o‘yinni nazorat qilyapmiz, hujum uyushtiryapmiz biroq nimagadir g‘alaba qozona olmayapmiz. Bugun maydonning holati ham ustunligimizni natijada ham aks ettirishimizga xalaqit berdi. Hisobni ochgach, ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda nimanidir o‘zgartirishga harakat qildik, lekin futbolchilar men kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi.
Jaloliddinov borasida nima deyishim mumkin, Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi. Yangi kelgan murabbiy esa Jasurga imkoniyat bermadi. Ko‘p narsa murabbiyga bog‘liq. Suares bunga yana bir misol. Lekin uning moskvaliklar bilan besh yillik shartnomasi bor.
“Paxtakor”ning OChLda yaxshi natija ko‘rsatayotganidan xursandman. Bu musobaqada futbolchilar juda katta tajriba orttirmoqda. Ularni qachon qaytishini biz xali bilmaymiz. Biroq 8 oktyabr kuniga terma jamoa o‘yinini belgilaganmiz. Bu o‘yingacha "Paxtakor" futbolchilari qanday holatda etib kelishini bilmaymiz. Shuning uchun navbatdagi yig‘inga legionerlarimizni ham chaqirishni reja qilyapmiz.
Eldor Suyunov ? Darvozabonlarimizni oyoqda yaxshi o‘ynay olmayotgani biz uchun fojia. Bizda darvozabonlar muammosi bor. Yosh darvozabonlarni ham kuzatib bormoqdamiz. Tojikiston bilan o‘yinda darvozani qo‘riqlagan yosh darvozabon ham yomon o‘ynamadi. Asosiysi Suyunov Qatarda yaxshigina tajriba orttirmoqda.
“Qo‘qon-1912” jamoasida Murod Xolmuhammedovni terma jamoaga mos o‘yinchi, deb o‘ylayman. U o‘z ishinig ustasi hisoblanadi. Bizda bugun Lutfulla To‘raev o‘zini ko‘rsatdi", - dedi Abramov.



Fikrlar