"Abu Dhabi Grand Slam 2025" turniri. Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari ma’lum

  • 27.11.2025 23:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Ertaga BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir boshlanadi.

Biroz avval dunyoning 52 davlatidan jami 373 (221 erkak, 152 ayol) nafar dzyudosi ishtirokini tasdiqlagan "Abu Dhabi Grand Slam 2025" musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va sportchilar ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi. 

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar dzyudochisi ham medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi.

-48 kg: Laziza Haydarova — Amber Gershes (Niderlandiya)

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova — Roza Dertyash (Vengriya) 

-52 kg: Muhayyo Ahmatova — Yuna Gerasimova (Rossiya)

-57 kg: Shukurjon Aminova — Ganxuyag Enxjin (Mo‘g‘uliston) 

+78 kg: Irisxon Qurbonboeva — Ivana Sutalo (Xorvatiya)

+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva — Shin Jieong (Koreya Respublikasi)

-81 kg: Suhrob Tursunov — Abdul-Kerim Tasuev (Rossiya)

-90 kg: Umar Bozorov — Aram Grigoryan (BAA)/Nemanya Maydov 

+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev — Seo Dongue (Koreya Respublikasi)

+100 kg: Muhammadqodir Mansurov — Magomedomar Magomedomarov (BAA)

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!