
"Adu-Dhabi Chess Festival". Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda hamyurtlarimiz munosib ishtirok etdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida O‘ttizinchi Abu-Dabi Xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tmoqda. 14 avgust kuni start olgan musobaqada yurtimiz sharafini jami 32 nafar shaxmatchi himoya qilmoqda.
Mukofot jamg‘armasi jami 104 ming 50 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda 250 dan ortiq shaxmatchi "Masters", "Open A", "Open B" hamda "Juniors" guruhlarida bellashmoqdalar.
Shuningdek, mazkur festvalda maktab o‘quvchilari toifasida ham blits bahslari bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz yuqori natijalar qayd etdi.
"Schools G7" (qizlar) guruhida o‘tkazilgan bahslarda "Cambridge International School" o‘quvchisi Asmina Abdulazizova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U 7 turdan so‘ng jami 5 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, "Schools B7" (yigitlar) guruhida o‘tkazilgan uchrashuvlar so‘nggida Doniyor Rahimov (45-shahar maktabi) 7 turdan so‘ng 5-pog‘onani band etdi.
"Schools B13" (yigitlar) guruhida ishtirok etgan ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchilar Asilbek Abdulazizov 20- ("Cambridge International School") va Usmonxon Tohirjonov esa ("Sky Chess") 40-o‘rinlarga ega chiqdi.
"Schools B15" (yigitlar) guruhida esa Sayyid Usmon Shamsuddin 10-, Akbar Yakubboev 19-, Asadbek Abdulazizov esa 47-pog‘onalardan joy oldi.
"Schools G15" (qizlar) guruhida 5,5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan Mumtozbegim Mansurova o‘z guruhida ikkinchi o‘ringa ega chiqdi:
Bundan tashqari, yana bir vakilamiz Asmiraxon Abdulazizova "Schools G17" (qizlar) guruhida o‘z ishtiroki yakunladi.
Fikrlar