Agar shunday bo‘lmaganda, Ronaldu bu erda qolmasdi!

  • 01.09.2022 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoada qolganiga munosabat bildirdi.

- Hammamiz bir qayiqdamiz. Krishtianu Ronaldu jamoada qolganidan xursand, aks holda bu erda bo‘lmasdi.

Avval boshdan Ronaldu bilan kelajakni rejalashtirganimizni aytganmiz, biz undan mamnunmiz va birgalikda mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashimiz kerak.

Tabiiyki, tarkibni kuchaytirdik va men murabbiy sifatida buni istayman. Bundan tashqari shogirdlarimga ulardan nima talab qilinishini ham ko‘rsatib qo‘yishim kerak. Hamma e’tibor jamoa va futbolchilarni rivojlantirishga qaratiladi va hozir aynan mana shu yo‘nalishda ish olib boryapmiz, - dedi Erik ten Xag.

Ronaldu yangi mavsumda to‘rt marta maydonga tushib, umumiy hisobda 153 daqiqa to‘p tepdi va samarali harakatni amalga oshira olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!