AGMK 36 yoshli hujumchi bilan yangi shartnoma imzoladi

  • 16 yanvar, 2022, 16:52
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Olmaliqlik muxlislar yoqimtoyi, jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hujumchilardan biri, AGMK safida barcha - 5 musobaqada (Superliga, O‘zbekiston kubogi, Liga Kubogi, OChL, Superkubok) gol urgan yagona futbolchi - Zafar Polvonov yangi mavsumda ham "konchilar" sharafini himoya qiladi.

Tajribali goledor hujumchi Zafar Polvonov klub bilan o‘rtadagi bitimni 2022 yil yakuniga qadar uzaytirdi. 36 yoshli futbolchi AGMKda to‘qqizinchi mavsumni o‘tkazishga tayyor.

Zafar Polvonov AGMK safida 189 o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 60 marotaba gol urgan. Tajribali hujumchi butun faoliyati davomida 388 uchrashuvda maydonga tushgan va 110 bor gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mansurjon Umarbekov
16/01/2022 18:27
Oz gool urgan ekan