
AGMK futbolchisi Belorussiyaga ketdi
Olmaliqlik iqtidorli futbolchi Shahboz Umarov legionerga aylandi. 1999 yilda tug‘ilgan ushbu yarim himoyachi asosan AGMKning yoshlar ligasi tarkibida to‘p surgan. O‘tgan mavsumda esa Superligada olmaliqliklar tarkibida uchta uchrashuvda maydonga tushgan.
Ushbu o‘yinchiga esa Belorussiya premer-ligasi vakili “Energetik-BGU” jamoasi qiziqib qoldi. Natijada tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishdi va 20 yoshli futbolchi yangi klubi bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi.
Hozirda tayyorgarlik olib borayotgan “Energetik-BGU” “Smorgon” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 4:0 hisobida raqibini dog‘da qoldirdi. Ahamiyatlisi, uchrashuvning 35-daqiqasida Shahboz Umarov yangi jamoasi safidagi dastlabki goliga mualliflik qildi.
Fikrlar