AGMK navbatdagi transferni e’lon qildi

  • 9 fevral, 2021, 18:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK jamoasi selektsiya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda va klub navbatdagi transferga qo‘l urdi.

Tecno

O‘zining chiroyli o‘yini va tezkor harakatlari bilan tanilgan ajoyib mahorat egasi Shohruh Gadoev olmaliqliklar a’zosiga aylandi.

Shohruh Gadoev erkin agent sifatida AGMK bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Shohruh Gadoev 1991 yil 31 dekabrda tavallud topgan. 2010-2015 yillar davomida «Nasaf» sharafini himoya qilgan hamda 2015-2016 yillarda Bahraynning “Muharraq” jamoasida to‘p tepgan. 2016-2017, 2019 yillar mobaynida "Bunyodkor"da, 2019-2020 yilgi mavsumda Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» jamoasi safida o‘ynagan va bir muddat «Buxoro»da ijara asosida harakat qilgan. 2020 yilgi mavsumni esa, Ozarboyjonning «Keshla» klubida o‘tkazgan.

Shohruh Gadoev 9 yillik faoliyati davomida jami 207 o‘yin o‘tkazgan va 35ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!