AGMK nazorat o‘yinida "Lokomotiv"dan ustun keldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga restartiga tayyorlanayotgan "Lokomotiv" hamda AGMK jamoalari bugun o‘zaro nazorat o‘yinida maydonga tushdi. TTYMI stadionida o‘tgan bellashuvda olmaliqliklar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 40-daqiqada Mirjamol Qosimov tomonidan kiritildi.

Ma’lumot uchun, "temiryo‘lchilar" Superliga 4-turini o‘z maydonida "Metallurg"ga qarshi o‘tkazsa, Mirjalol Qosimov shogirdlari Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo‘ladi.

Nazorat o‘yini

"Lokomotiv" - AGMK 0:1

Gol: Mirjamol Qosimov (40).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!