AGMK "So‘g‘diyona"ga qarshi uchrashuvlarda kichik ustunlikka ega (prevyu)

  • 5 may, 2022, 18:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK jamoasi Superliganing tig‘iz taqvimli juda zich bo‘lgan may oyidagi navbatdagi tur o‘yinlariga taraddud ko‘rmoqda. Bu galgi raqib ham chempionat etakchilaridan biri, ayni palla Superligada yakka peshqadamlik qilayotgan Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi.

Tecno

Uchrashuv 7 may kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

AGMK va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv so‘nggi yillarda o‘zgacha printsipiallik kasb etmoqda. Sababi, oxirgi 3 yildan buyon har ikkala jamoa o‘rtamiyonalar safidan yuqori maqsadli grand klublar toifasiga kirdi. Har ikki jamoa 3 yildan buyon medallar uchun kurashmoqda.

Mazkur jamoalar to‘qnashuvlari tarixiga e’tibor qaratsak, bo‘lajak o‘yin jamoalarning 27-uchrashuviga aylanadi. Qayd etilgan natijalar ko‘rsatkichi jizzaxliklar foydasida. O‘tkazilgan bellashuvlarning 8 tasida AGMK g‘alaba qozongan bo‘lsa, "So‘g‘diyona" hisobida 10 g‘alaba mavjud. Qolgan 7 o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati ko‘rsatkichi esa jamoamiz foydasiga: 37-34.

O‘yinni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q. Turning markaziy o‘yinini tajribali referi, FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Mazkur tayinlov Tantashev uchun AGMK ishtirokidagi 29-o‘yinga aylanadi. Ilgiz boshqargan o‘yinlarda AGMK 11 g‘alaba, 12 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan. Uchrashuvdagi VAR hakami etib Ahrol Risqullaev tayinlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!