AGMK yana bir etakchisini klubda olib qoladi

  • 27 dekabr, 2021, 15:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Olmaliqning AGMK klubi yangi mavsum oldidan o‘z etakchilarini tarkibda saqlab qolishda davom etadi. Bu safar klub matbuot xizmati darvozabon Botirali Ergashevning Olmaliqda qolishini ma’lum qildi.

Tecno

"AGMK jamoasi yangi mavsum oldidan selektsiya ishlarini jadallik bilan olib bormoqda. Shuningdek, klub tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o‘rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.

O‘tgan yili jamoaga qo‘shilgan darvozabon Botirali Ergashev bilan klub shartnomani uzaytirdi. Bitim 2 yilga mo‘ljallangan. Botirali Ergashev 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi".

Avvalroq, Dilshod Ahmadaliev ham klubda qolishi haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!