
AGMK yangi tarix yaratdi
Olmaliqning AGMK jamoasi Qatarning "Al-Garafa" klubini OChL saralashining pley-off bahsida 1:0 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichiga yo‘l oldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari mazkur g‘alaba evaziga OChLning "A" guruhiga tushdi.
Shu tariqa, "konchilar" OChL guruh bosqichida ishtirok etgan ettinchi o‘zbek jamoasiga aylanadigan bo‘lishdi. Bunga qadar Osiyoning klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqasida "Paxtakor", "Neftchi", "Mash’al", "Bunyodkor", "Nasaf" va "Lokomotiv" jamoalari yurtimiz sharafini himoya qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AGMK "A" guruhida Saudiya Arabistoni chempioni "Al-Hilol" va BAA chempionatida o‘tgan mavsum peshqadam bo‘lgan "Al-Ahli" hamda Tojikistonning "Istiqlol" jamoalari bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, OFK 2003/04 yilgi mavsumdan musobaqani hozirgi ko‘rinishga keltirgan va o‘shanda hozirgi nomni olgan edi. Bunga qadar turnir o‘zgacha formatda Osiyo klublar chempionati, Osiyo Chempionlar kubogi nomi bilan o‘tkazib kelingan.
Fikrlar