Akinfeev Jahon chempionatidagi debut goli bilan Fayzullaevni tabrikladi

  • 20.06.2026 16:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Abbosbek Fayzullaevning jahon chempionatidagi debut goli sobiq jamoadoshlari e’tiboridan chetda qolmadi. Moskva CSKA klubi sardori Igor Akinfeev o‘z vaqtida "armiyachilar" safida to‘p surgan o‘zbekistonlik futbolchini katta musobaqadagi ilk goli bilan tabrikladi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatida maydonga tushdi. Debyut uchrashuv Mexikoda, K guruhi doirasida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazildi. O‘yin 1:3 hisobida kolumbiyaliklar foydasiga yakunlandi, ammo Fayzullaev tomonidan urilgan gol O‘zbekiston uchun ushbu turnirdagi ilk tarixiy gol sifatida qayd etildi.

Akinfeev CSKA stadionida shanba kuni o‘tkazilgan "Birinchi raqamlar bilan zaryadka" tadbiri doirasida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Abbosbekning golini alohida ta’kidladi.

"Albatta, uning golini ko‘rdim. Bu uning karerasidagi eng zo‘r va eng qiyin golnaridan biri, desam adashmayman. O‘qishimcha, u chempionatdagi eng past bo‘yli o‘yinchilardan biri ekan, lekin shunga qaramay bosh bilan gol urdi! Uni chin dildan tabriklayman", – dedi Akinfeev.

Abbosbek Fayzullaev 22 yoshda. U CSKA tarkibida 72 o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol muallifi bo‘lgan. 2025 yil iyul oyida u Turkiyaning "Istanbul Boshakshehir" klubiga o‘tdi.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududlarida o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida yana ikki raqibga qarshi maydonga tushadi: 23 iyunda Portugaliya, 27 iyunda esa DR Kongoga qarshi o‘yinlar rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!