Akmal Rustamov: "Andijon"da imkoniyat ko‘proq bo‘ldi"

  • 9 noyabr, 21:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” - “Andijon” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov qatnashdi:

Tecno

- “Andijon” bilan juda qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Jizzaxdagi mag‘lubiyatdan keyin rahbariyatimiz va muxlislarimiz oldida ham g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq yuqori edi. Futbolchilarimizga va rahbariyatga rahmat. Bizni qo‘llab turishibdi. Yigitlar ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. Chempionatni oxiri va jamoalarga qiyin. “Andijon” ham OChLda o‘ynayapti, ularga ham og‘ir. Safarlarga borib kelishyapti. Bizda ham qiyinchiliklar bor. Bugungi uchrashuvda 4 ta futbolchimizni sariq kartochkalari to‘planib qolganligi uchun o‘ynay olishmadi. Yoshlarimiz bilan harakat qildik, ularni tarbiyalashda davom etamiz. Keyingi yildan jamoada navoiylik yoshlarimizni tarkibga qo‘yib boramiz.  

- Hujumkor o‘yin ko‘rsatishyapti. Lekin o‘tkir hujumchi ko‘rinmayapti. Gol ham standartlardan urilyapti. Buni qanday tushuntira olasiz?

- Ular vazifalarni bajarishdi. Echinish xonasida aytilgan vazifani uddalashdi, ularga rahmat. O‘yinda qarshi hujumda o‘ynadik. Ammo hisob bizni foydamizga va barcha muxlislarimizni tabriklayman.

- “Andijon” bosh murabbiyi “Qizilqum” vaziyat yarata olmaganini aytdi. Bunga siz nima deysiz?

- Hammani o‘z fikri bor. Menda bunday fikr yo‘q. Biz bitta imkoniyat bo‘lsa, shundan gol urishni xohlaymiz. “Andijon”ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Xudoga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. G‘alaba biz tomonda. Ularda imkoniyat ko‘proq bo‘ldi, ammo foydalana olishmadi. Biz ham Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘ynaganimizda 6-7 ta yaxshi vaziyatlarni yaratgandik. Bu safar ikkita vaziyatimizdan ikkita gol urdik. Yigitlardan minnatdorman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!