
"Al-Nassr" prezidenti: "Bu gaplarning barchasi yolg‘on"
"Al-Nassr" prezidenti Krishtianu Ronalduning ehtimoliy transferi haqidagi savolga javob berdi.
Musli Al Muammara Ispaniyaning "Marca" nashri tarqatgan xabarlarni rad qildi. Unga ko‘ra, portugal "Al-Nassr"da 200 million evro olishi va 2030 yilgi mundialda Saudiya Arabistoni elchisi bo‘lishi aytilgandi.
"Bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ommaviy axborot vositalarida yozilgan deyarli hamma narsa yolg‘on", - dedi Al Muammar.
Ma’lumot uchun, kecha Saudiya klubi Ronalduning tibbik ko‘rikdan o‘tish sanasini allaqachon rejalashtirib bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Fikrlar