Aleks Perreyra: “Magomed Ankalaevga qarshi birinchi jangda o‘zimni yaxshi his qilmagan edim”
UFC ning yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Aleks Perreyra 9 mart kuni o‘tkazilgan Magomed Ankalaevga qarshi birinchi jangdagi mag‘lubiyat sabablarini tushuntirdi.
“Endi bu haqda biroz gapirsam bo‘ladi. O‘sha paytda o‘zimni yaxshi his qilmagandim. Tanam doimiy parvozlar va jarohatlar tufayli charchagan edi. Jangdan bir necha hafta oldin haroratim ko‘tarilib ketib, tiklanish juda og‘ir kechgan. Ammo men bu bahsni o‘tkazishim kerak deb o‘yladim va bekor qilishni istamadim. Eng muhimi — "UFC 320" da sog‘lom holda oktagonga chiqdim va o‘z imkoniyatlarimni to‘liq namoyish eta oldim”, — dedi braziliyalik "AtFight" portaliga bergan intervyusida.
Eslatib ztamiz, "UFC 320" turnirida Perreyra 1-raunddayoq Magomed Ankalaevni texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar