Aleks Perreyra qanday qilib qisqa muddatda UFC afsonasiga aylandi?
Atigi to‘rt yil ichida Aleks Perreyra UFC da erishgan yutuqlari bilan tarix yozdi. Mana uning asosiy natijalari:
1. Aleks - UFC ning ikki vazn toifasida uch marta chempionga aylandi. Ungacha, bu natijani faqat Jon Jons, Jorj Sen-Per va Rendi Kutyur (besh marta chempion bo‘lgan) qayd etgandi.
2. Perreyra 6 nafar sobiq yoki amaldagi UFC chempionlarini mag‘lub etdi. Bular - Shon Striklend, Israel Adesanya, Yan Blaxovich, Irji Proxazka (ikki bor), Jamal Xill va Magomed Ankalaev.
3. Aleks ikkita vazn toifasida 6 ta chempionlik jangida g‘alaba qozondi. U mazkur natija bo‘yicha Jon Jons, Kutyur va Sen-Perdan keyingi o‘rinni egallab turibdi.
4. Perreyra "UFC pound-for-pound" reytingida 2-o‘ringa qadar ko‘tarilgandi. Braziliyalik jangchilar orasida undan yuqoriroqqa faqat Joze Aldo va Anderson Silva chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
5. Aleks raqiblarning ajoyib seriyalarini to‘xtatgan. U Magomed Ankalaevning 14 ta mag‘lubiyatsiz seriyasiga, Israel Adesanyaning o‘rta vazndagi 12 g‘alabali, Irji Proxazkaning MMA dagi 13 g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi.
6. Perreyra UFC chempionlik janglarida 6 ta nokautni amalga oshirgan. Bu borada u tarixda faqat Anderson Silvadan (7 ta) ortda qolmoqda.
Ayni kunlarda esa Pereyra UFC tarixidagi eng kuchli 10 jangchi ro‘yxatiga kirishga loyiq nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Fikrlar