Aleksander-Arnold: "Real"da maqsad — Chempionlar ligasini yutish"

  • 18.03.2026 13:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Trent Aleksander-Arnold "Real Madrid"ning Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqishi haqida fikr bildirdi.

1/8 finalda madridliklar "Manchester Siti"ni ikki oʻyinda ham magʻlub etdi (3:0, 2:1).

"Bu mavsumning eng muhim bosqichi. Har bir oʻyin deyarli finaldek ahamiyatga ega. “Real”dagi talablar shunday — Chempionlar ligasida oxirigacha borib, gʻalaba qozonish. Bu klubning mohiyatida bor narsa. Biz aynan shu bosim orqali oʻsamiz va eng yaxshi oʻyinimizni koʻrsatamiz.

“Manchester Siti”ni magʻlub etish yoqimli boʻldi, chunki ular men va "Liverpul"dan bir necha sovrinlarni tortib olgan. Ularga qarshi oʻynash har doim qiyin, shuning uchun oʻz oʻyinimizdan faxrlanamiz", — dedi Trent.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!