Aleksandr Zinchenko: O‘tgan yoz "Betis" futbolchisiga aylanishim ham mumkin edi

  • 27.05.2019 12:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko o‘tgan yoz "Betis"ga o‘tishga juda yaqin kelganini aytdi.

“Men o‘tgan yoz “Manchester Siti”dan “Betis”ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin edim. Xatto, agentim ham u erga borgan edi. Yaxshiyamki ushbu transfer amalga oshmay qoldi. Albatta, mening maqsadim “Manchester Siti”da qolish edi, afsuski hammasi futbolchining o‘zigagina bog‘liq emas”, - deydi ukrainalik futbolchi.

Qayd etish lozimki, Zinchenko yakunlangan mavsum Benjamen Mendi va Fabian Delf kabi futbolchilarga qarshi asosiy tarkib uchun raqobatda g‘olib chiqdi. U ayni damda “shaharliklar”ning asosiy chap qanot himoyachisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!