Alisher Usmonov 2019-2020 yilgi mavsum yakunlanganini ma’lum qildi

  • 15 aprel, 2020, 13:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugungi kunda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi - FIE rrezidenti Alisher Usmonovdan olingan maktubga asoslanib, qilichbozlik bo‘yicha 2019/2020 yillarda xalqaro mavsumi rasman yopildi va barcha qilichbozlik musobaqalari bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi ma’lum qildi.

"Bir necha oy davomida dunyo Covid-19 pandemiyasidan qattiq ta’sirlangan. Men barcha qilichbozlarni, federatsiyalarni hamda qilichbozlik oilasini XST va sizning mamlakatlaringizning tavsiyalariga amal qilishni davom ettirishga da’vat etaman.

Covid-19 bilan bog‘liq global vaziyatni hisobga olib, 2020 yil aprel, may va iyun  uchun rejalashtirilgan barcha musobaqalarni bekor qilishga qaror qilindi.

2020 yil martgacha olingan natijalar va malakalar saqlanadi. Reytinglar "muzlatilgan" tartibda va qoldirilgan so‘nggi Olimpiya saralash musobaqalarini o‘tkazishimiz bilanoq faollashadi:

- Qilichbozlik bo‘yicha rapira yo‘nalishidagi erkaklar va ayollar Gran-Prisi;

- Qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon kubogi bosqichi;

- Qilichbozlik bo‘yicha jahon Kubogining erkaklar o‘rtasidagi bosqichi;

- Erkaklar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichi;

- Qilichbozlik bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida jahon Kubogi bosqichi.

Yuqoridagi musobaqalar, to‘rt hududiy saralash bosqichi:

- sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyat xavfsiz bo‘lganida;

- sportchilar uchun teng o‘quv jarayoni mumkin bo‘lganda bo‘lib o‘tadi.

- hech bir federatsiyaga ishtirok etish imkoniyati rad etilmaydi;

- dastlabki xalqaro musobaqalar, jumladan, bir necha "tayyorgarlik" jahon chempionati / Gran-Pri musobaqalari o‘tkaziladi", - deyiladi xatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!