Alisher Usmonov "Chelsi" xo‘jayinidan boymi?

  • 17 may, 2020, 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sunday Times nashri Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

E’tiborlisi, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan USM Holdings rahbari Alisher Usmonov ro‘yxatda 7-o‘rinda qayd etildi. "Arsenal"ning sobiq xo‘jayini hisoblangan rossiyalik milliarderning ayni damdagi boyligi 14,16 mlrd dollarga baholangan.

Ro‘yxatdan rossiyalik yana 2 ta milliarder - Alfa-bank asoschisi Mixail Fridman (11-o‘rin, $12,4 mlrd) va "Chelsi" xo‘jayini Roman Abramovich (12-o‘rin, $12,31 mlrd) joy oldi.

Britaniyaning engboy odami deb esa Dyson Ltd xo‘jayini Jeyms Dayson (19,64 mlrd) topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!