Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 20 million dollar ajratdi

  • 1 aprel, 2020, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Asli O‘zbekistondan bo‘lgan rossiyalik milliarder, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Alisher Usmonov yurtimizda koronavirusga qarshi kurashda olib borilayotgan harakatni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shdi. “O‘zbekiston24” telekanalining ma’lum qilishicha, Alisher Usmonov ushbu sa’yi harakatlar uchun 20 million AQSh dollari miqdoridagi pulni beg‘araz hadya qilmoqda.

Tecno

"Taniqli tadbirkor, metsenat Alisher Usmonov ham davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga o‘z hisobidan xayriya mablag‘lari o‘tkazayotgan saxiy yurtdoshlarimiz qatorida shu kunlarda jadallik bilan bunyod etilayotgan mazkur kasalxona qurilishiga baholiqudrat o‘z hissasini qo‘shish niyatida ushbu shifoxonani eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun 20 million dollar miqdorida mablag‘ni ajratdi.

Bu mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etildi va xalqimiz salomatligini muhofaza qilish va tiklash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan bunyod etilayotgan mazkur kasalxonani zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi", – deb yozadi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
01/04/2020 15:28
Март хакикий узбек бой булсанг шундай булиш керак хавасим келади эхсонли ИНСОН