"Atletiko" Alvaresni sotishga tayyor, ammo "Barselona"ga emas
Jurnalist Matteo Moretto ma'lum qilishicha, "Atletiko" hujumchi Xulian Al'varesning transferi bo‘yicha tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
"Birinchi marta "Atletiko" Al'vares bilan xayrlashish ehtimolini jiddiy o‘rganа boshladi va uning transferi bo‘yicha takliflarni eshitishga tayyor. Klub rahbariyati futbolchini Ispaniya chempionatidan tashqari jamoaga sotishni ma'qul ko‘radi. Shu ma'noda "Arsenal" qiziqish bildirgan klublar qatorida. Shu bilan birga, Xulianing o‘zi uchun asosiy variant sifatida "Barselona"ga o‘tish qolmoqda. Jahon chempionati yakunlangach, kataloniyaliklar futbolchini qo‘lga kiritish uchun yana bir bor urinishi kutilmoqda", – deya ta'kidlagan Moretto.
Eslatib o‘tamiz, Xulian Al'vares 2024 yilda "Manchester Siti"dan "Atletiko"ga 75 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar