Al’varesning “Barsa”ga transferi nega barbod bo‘ldi?
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvaresning "Barselona"ga o‘tishi, "blaugrana" ushbu transferni amalga oshirish ustida ishlayotganiga qaramay, hozirda deyarli imkonsiz deb hisoblanadi. Bu haqida Sport.es xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, "Atletiko" va "Barselona" o‘rtasidagi muzokaralarda "matraschilar" 100 million evrodan ortiq bo‘lgan yakuniy sotuv narxini belgilamaguncha hammasi muvaffaqiyatli kechdi. Bundan tashqari, argentinalikka PSJ qiziqish bildiraboshlandi, u “Ko‘k-anorranglilar”dan farqli o‘laroq, "Atletiko"ga zarur summani to‘lashga tayyor.
Ta'kidlanishicha, "matraschilar" Kataloniya klubining Alvares bo‘yicha kelishuvga boshqa o‘yinchilarni, masalan, Mark Bernal, Fermina Lopes yoki Ronald Arauconi kiritish taklifini ham rad etgan.

Fikrlar