Amerika Kubogi: Nomzodlar turniriga AQShliklar qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

  • 12.02.2026 14:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

"Saint Louis Chess Club" 2–13 mart kunlari o‘tkaziladigan Amerika Kubogi ishtirokchilarini e’lon qildi. Turnirda 8 nafar grossmeyster qatnashadi: Fabiano Karuana, Uesley So, Leinier Dominguez, Levon Aronyan, Ray Robson, Samuel Sevian, Avonder Liang, Abhimanyu Mishra

Eng qiziq jihat — Karuananing ishtiroki. Chunki turnir tugagandan atigi ikki hafta o‘tib u Nomzodlar turnirida maydonga tushadi. Demak, bu qandaydir ma’noda jiddiy turnir oldidan tayyorgarlik. 

Yana bir Nomzodlar turniri ishtirokchisi — Hikaru Nakamura (o‘tgan yilgi Kubok g‘olibi) esa bu safar turnirni o‘tkazib yubormoqda. Ehtimol, u Nomzodlar musobaqasiga tayyorgarlikka to‘liq e’tibor qaratishni ma’qul ko‘rgan.

Shuningdek, ro‘yxatda Hans Niemann yo‘q, chunki u bu sanalarda (25 fevral — 6 mart) yurtdoshlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Yakubboev bilan "Praga Chess Festival"da  ishtirok etadi. 

Karuana uchun bu turnir — formasini va debut tayyorgarligini tekshirish uchun imkoniyat. Ammo o‘yin amaliyoti foyda beradimi yoki Nakamura tanlaganidek yopiq tayyorgarlik samaraliroqmi? 

29 mart — 15 aprel kunlari  Nomzodlar turnirida bilib olamiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!