
Amorim “Chelsi”dan ikkita, “Barsa”dan bitta yulduzni chaqiryapti
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim tarkibni uch nafar futbolchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Birinchi navbatda, portugaliyalik mutaxassis “Chelsi”da bosh murabbiy Entso Mareska etarli darajada ishonch bildirmayotgan yulduzlar – himoyachi Ben Chilluel va hujumchi Kristofer Nkunkuni olishni istayapti.
Amorim bu ikki o‘yinchini asosiy tarkibda o‘ynatishga tayyor. Ular yordamida yangi jamoasining muammoli pozitsiyalarini yopishni mo‘ljallayapti.
Bundan tashqari, manchesterliklar “Barselona”ning asosiy himoyachilaridan hisoblangan Jyul Kunde uchun ham kurashadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, frantsiyalik futbolchining transferi oson bo‘lmaydi. Chunki Kunde uchun Evropaning bir necha grand klublari da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar