
Ana omad! Hech kimga kerak bo‘lmay qolgan Serxio Ramosga superklubdan ish chiqyapti
Yozda “Sevilya”dan ketganidan beri ish topa olmayotgan Serxio Ramos faoliyatini “Yuventus”dan davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashrining yozishicha, “Yuventus”ning asosiy himoyachisi Gleyson Bremer og‘ir jarohat oldi va turinliklar unga o‘rinbosar qidirmoqda.
Turin superklubi rahbariyati 38 yoshli Serxio Ramos jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytira olishiga ishonmoqda. Qolaversa, uning erkin agent maqomida yurgani ishni oson ko‘chishini ta’minlaydi.
Serxio Ramos yangi jamoa topish maqsadida AQSh, Meksika, Braziliya va Misr klublari bilan muzokara olib bordi. Lekin tomonlar hamkorlik borasida kelisha olmadi.
Fikrlar