Ana xolos: Anchelotti “Real”dan ketadi

  • 17.11.2023 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti mavsum yakunlanishi bilan “Real”dagi lavozimini tark etadi. Bu haqda TodoFichajes nashri xabar berdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, tajribali mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarish borasidagi taklifni qabul qilgani aytilmoqda.

Karlo Anchelotti madridliklarni 2021 yildan beri boshqaryapti. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogi, Evropa Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

64 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Real”dan tashqari “Redjana”,  “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, PSJ, “Bavariya”, “Napoli” va “Everton” jamoalarida ham ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!