
Ana xolos! "Atletiko" Grizmann transferi tufayli "Barselona"ni sudga bermoqchi
Bugun La Liga ofisida futbolchining vakili madridliklar uchun frantsiyalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 120 mln evro tovon pulini to‘lagan edi. 28 yoshli forvardning transferi shartnomada ko‘rsatilganidek 1 iyuldan e’tiboran 200 mln evrodan 120 mln evroga qadar qisqargan edi.
"Atletiko" vakillari esa kataloniyaliklar futbolchi bilan 1 iyul sanasiga qadar kelishuvga erishganligini va shu bois 200 mln evro to‘lanishi lozimligini iddao qilishmoqda. Madridliklar bu borada sudga murojaat qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann 15 may sanasida "Atletiko"ni tark etayotganini aytib o‘tgan edi. "Barselona" esa mazkur transferni salkam oradan ikki oy o‘tib, bugun e’lon qildi.
Fikrlar