
Ana xolos! David De Xea MYu bilan xayrlashdi: "Bu unutilmas hikoya bo‘ldi..."
"Manchester Yunayted" posboni David De Xea klub bilan xayrlashdi. Futbolchi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
"Bu xayrlashuv nomamni "Manchester Yunayted" va uning muxlislariga bag‘ishlayman. 12 yil davomida ular meni qo‘llab-quvvatlab turishdi.
Biz Ser Aleks Fergyuson meni jamoaga olib kelganidan buyon ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritdik. Bu libosni kiyganimda o‘zimda o‘zgacha faxr tuyg‘usini his etardim. Dunyodagi eng katta klubda o‘ynash men uchun sharaf!
Bu unutilmas hikoya bo‘ldi. Madriddan ketib, shu qadar muvaffaqiyatga erishaman, deb o‘ylamagandim. Endi yangiliklarga qo‘l uradigan vaqt kelganini anglab etdim.
Manchester abadiy yuragimda qoladi. Bu shahar menga yordam berdi, o‘sishimda muhim rol o‘ynadi. Shunday ekan, qaerda bo‘lmay, qalban Manchesterda bo‘lib qolaveraman!", - dedi futbolchi xayrlashuv maktubida.
Fikrlar