Ana xolos! Grizmann endi "Barselona"ga yordam bera olmasligi mumkin
"Barselona" forvardi Antuan Grizmann La Liga 36-turi doirasida "Valyadolid"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Klub rasmiy matbuoti xabariga ko‘ra, frantsiyalik hujumchi bugun klub bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va uning o‘ng oyoq son mushaklarlarida jarohat borligi aniqlandi
"Barselona" rasmiy xabarida futbolchining maydonga qachon qaytishi haqida ma’lumot berilmagan.
Joriy mavsumda futbolchi La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qildi.

Fikrlar