Ana xolos! "Inter" o‘z maydonida hisobda oldinda bora turib mag‘lubiyatga uchradi
Italiya chempionati 30-turi doirasida "Inter" o‘z maydonida "Bolonya"ni qabul qilib, so‘nggi o‘n daqiqada mag‘lubiyatga (1:2) uchradi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, Antonio Konte boshqaruvidagi "neradzurrilar" chempionat peshqadami "Yuventus"dan 11, "Latsio"dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.
"Bolonya" esa mehmondagi g‘alabadan so‘ng, 41 ochko to‘plab, to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar