Ana xolos! "Lokomotiv" futbolchisi boks turnirida jang qiladi
"Lokomotiv" va Ukraina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Aliev 2 haftadan so‘ng, 29 may kuni boks turnirida ringga chiqadi. 35 yoshli ukrainalik “Battl» loyihasida ishtirok etadi. Jang, 3 raund, 2 minutdan iborat.
"Ringning qizil burchagida mashhur Aleksandr Aliev bo‘lsa, ko‘k burchagida iste’dodli aktyor va model Nikita Vakulyuk bo‘ladi”, - deyiladi loyihaning matbuot xizmati xabarida...
Aliev yulduzli onlarini Moskvaning “Lokomotiv” va Kievning “Dinamo” klublarida o‘tkazgan. O‘z o‘rnida Ukraina terma jamoasida ham to‘p surib, 28 ta o‘yinda 6 golga mualliflik qilgandi.


Fikrlar