Ana xolos: Messini hafa qilgan "Barselona" direktori zudlik bilan ishdan olindi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi rahbariyati jamoa etakchisi Lionel Messi haqida o‘z qarashlarini ommaviy axborot vositalariga bayon qilgan direktor Pere Gratakosni lavozimidan bo‘shatib yubordi.

 

Yaqinda Pere Gratakos intervyularidan birida "Barselona" faqat Messidan iborat emas, Neymar, Suares, Inesta, Pike va boshqa futbolchilarsiz Lionel zo‘r o‘yinchiga aylanmagan bo‘lardi", degan fikrni ilgari surgan.

"Barselona" klubi Kratakosning ishdan bo‘shatilganini "klub manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni aytgani" munosabati bilan ishdan olinganini e’lon qildi.

Pere Gratakos klub direktori lavozimini tark etgan bo‘lsa-da, "Barselona" akademiyasidagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!