Ana xolos! PSJ Mbappega milliard evro taklif qilishga tayyor!
PSJ klubi frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappeni jamoada olib qolishni istayapti. Buning uchun rahbariyat katta miqdorda pul sarflashga tayyor.
"Defensacentral" nashrining xabar berishicha, Qatar amirlari futbolchiga 10 yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Bu muddat ichida Mbappe 1 milliard evrodan ziyod maosh olishga muvaffaq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kilianga "Real" jiddiy qiziqish bildiryapti. Hujumchining o‘zi ham Madridga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Fikrlar