Ana xolos! Saudiyaliklar Mbappega “ov” boshladi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi maavhumligicha qolmoqda. 24 yoshli hujumchining o‘zi yana bir yil Parijda qolmoqchi.
Klub shartnomani 2025 yilga uzaytirish yoki shu yoz jamoadan ketishni talab qilyapti. PSJ to‘purarni 200 million evroshga sotmoqchi.
Mbappe o‘tishni istayotgan “Real” uni bir yildan keyin erkin agent sifatida olmoqchi.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, endi Saudiya Arabistoni vakillari boshqacha echim taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, Mbappe bir mavsum davomida Saudiya Arabistonida to‘p tepishi kerak. Keyin esa, o‘zi istagan “Real”ga o‘tib ketaveradi. Evropaga qaytishiga to‘sqinlik qilinmaydi.
Transfer mutaxassislar saudiyaliklarning rejasi ish bermasligini ta’kidlamoqda. Chunki Kilian Mbappe kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasida o‘ynashni istayapti.

Fikrlar