
Ana xolos: Shavkat Rahmonovning rafiqasi va o‘g‘li avtohalokatga uchradi
27 iyul, yakshanba kuni ertalab qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning turmush o‘rtog‘i Gulayym Rahmonova, uning o‘g‘li va yana 2 nafar yo‘lovchi YTHga uchradi.
"Yo‘l-transport hodisasi Jambil viloyatining Mo‘yinqum tumanidagi trassada sodir bo‘lgan. Gulayym Rahmonova o‘g‘li va do‘stlari bilan Qarag‘andadan Olmotaga ketayotgan edi. U boshqarayotgan Toyota Land Cruiser Olmota-Ekaterinburg avtomobil yo‘lining 296-kilometrida, Oqsuek qishlog‘i yaqinida ag‘darilib ketgan. Baxtsiz hodisa oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etgan. Rahmonova va uning 2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘li esa shahar shifoxonasiga etkazilib, travmatologiya bo‘limiga yotqizildi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda" — deb yozdi "Sports.kz" sayti.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasiga ko‘ra, avtomobil, trolleybus, tramvay yoki boshqa mexanik transport vositasini boshqarayotgan shaxs ehtiyotsizlik oqibatida insonning sog‘lig‘iga zarar etkazilishi yoki o‘limiga sabab bo‘lsa, jinoiy jazoga tortilishi mumkin.
Fikrlar