Anastasiya Potapova Indian-Uellsdan ketdi

Rossiyalik tennischi Anastasiya Potapova WTA tomonidan o‘tkazilayotgan "BNP Paribas Open" musobaqasining saralash bahslaridan o‘ta olmadi.

Indian-Uells shahrida o‘tayotgan mazkur turnirning ilk bosqichida Anastasiya avstraliyalik Pristsille Xonga 7:6, 4:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Endi saralashning ikkinchi bosqichida Xon rossiyalik Veronika Kudermetovaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!