Anchelotti Bellingem nechta gol urishi kerakligini aytdi

  • 4 sentabr, 2023, 15:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning yangi futbolchisi Jud Bellingem kutilmaganda yangi mavsumda jamoaning asosiy to‘purariga aylanib oldi.

Tecno

Angliyalik futbolchi ketma-ket to‘rtta uchrashuvda raqiblar darvozasini jami besh marotaba ishg‘ol qilib, La Ligada ham to‘purarlik qilmoqda.

Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 20 yoshli iste’dodli futbolchi mavsum davomida qancha gol ura olishini taxmin qildi.

- Bellingem gol urishga ko‘nikib boryapti. Judning o‘yin sifati bizni hayratlantirmaydi, lekin gollari sonidan hayronmiz.

Uning o‘zim ham hayratda bo‘lsa kerak. Bellingem mavsum davomida kamida 15 ta gol urishga qodir, - dedi Karlo  Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!